Zogʻora, zogʻora non — makkajoʻxori, oqjoʻxori, qoʻqonjoʻxori, tariq, qoʻnoq unidan yopiladigan non. Elangan unga xamirturush bilan tuz qoʻshib, oshqovoqning selida xamir qoriladi. Buning uchun oshqovoqni qirib, seli olinadi. Xamir qorib boʻlingach, qovoq turpi mushtlab yedirib yuboriladi. Xamir oshgach, 200—250 g li zuvalalar yasaladi, urvoq uchun bugʻdoy uni ishlatiladi. Har bir zuvala yassilanib, non yasaladi (baʼzan oʻrtasini koʻrsatkich barmoq bilan bir marta chekiladi). Z.larning yuziga dasturxon yopib, 10— 15 min. tindirgach, qizigan tandirga yopib pishiriladi. Xalq tabobatida qand diabeti, qon bosimi, jigar va oʻt pufagi kasalliklarida parhez sifatida tavsiya etiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil