Zodiak yorugʻligi
Zodiak yorugʻligi - ekliptika boʻylab joylashgan xira yorugʻlik. Ekliptika ufqqa tikroq boʻlgan paytlarda kechqurun qorongʻilik tushishi bilan gʻarbda yoki tong otmasdan avval sharqda koʻrinadi. Bu yorugʻlik aslida Quyosh atrofida aylanib yurgan changlarni Quyosh nuri yoritishi natijasi boʻlib, sent. — noyab oylarida ertalab, yanvar— mart oylarida kechqurun yaxshi koʻrinadi. Yozda ufqning shim. tomonida diffuz nurlanish boʻlib koʻrinadi. 3. yo. ekvatorga yaqin joylarda yaxshi koʻrinadi va umuman tungi osmon yorugʻligining 15° ni tashkil etadi. U qisman qutblangan; kugblanish darajasi Kuyosh-dan burchakli uzoqligiga bogʻliq. Spektri Quyosh spektriga yaqin, undagi kabi yutilish chiziqlari ham bor. 3. yo.ni kuzatish natijasida sayyoralararo chang gaz moddalari taqsimoti oʻrganiladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |