Xalil mardambek (MARDAMBEY) (1895-yilDamashq21-iyul 1959-yil) — arab shoiri, adabiyotshunos, davlat arbobi (Suriya). London universitetini tugatgan (1929). Damashkdagi Arab Fanlar akademiyasi aʼzosi (1925) va prezidenti (1953—59), Qoxiradagi Arab tili akademiyasi aʼzosi (1948-yildan), Iroq Fanlar akademiyasi aʼzosi (1949-yildan), Suriya hukumatida Maorif (1948) va Tashki ishlar (1953) vaziri. Xalil mardambek Suriya adabiyotshunosligi rivojiga katta xissa qoʻshgan, Damashkda "ArRobita valadabiiya" ("Adabiy aloqalar") adabiy jamiyati (1921) va shu nomdagi adabiy jurnal (1929), shuningdek, "AsSaqofa" ("Madaniyat") adabiy jurnal asoschilaridan. "Suriya shoirlari" (1—3-j.lar, 1954), "Arab adabiyoti tarixi" (1—5j.lar, 1955) monografiyalarining muallifi. Oʻrta asr arab shoirlari Ibn Xayyus, Ibn Unayn, Ali ibn alJaxma asSomiy va boshqalarning devonlarini izohlar bilan nashr ettirgan. Xalil mardambekning arablar birligiga daʼvat etuvchi sheʼrlari va sheʼriy dramalarida millatparvarlik ohanglari kuchli. Sheʼrlar devoni shoirning vafotidan soʻng nashr etilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME