Salmon ibn Abdulaziz as-Saud

2015-yildan Saudiya Arabistoni qiroli

Salmon ibn Abdulaziz Al Saud (arabcha: سلمان بن عبد العزیز آل سعود) – 2015-yildan buyon Saudiya Arabistoni qiroli. 2015-2022-yillarda Saudiya Arabistoni Bosh vaziri lavozimida ishlagan. Saudiya Arabistoni asoschisi qirol Abdulazizning 25-oʻgʻli. 2015-yil 23-yanvarda taxtga oʻtirdi. 2012-yil 18-iyundan 2015-yil 23-yanvarigacha Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi boʻlgan. Salmon yashagan eng keksa uchinchi davlat rahbari, eng keksa monarx va Saudiya Arabistonining birlashganidan keyingi tugʻilgan birinchi davlat rahbaridir. Uning shaxsiy boyligi kamida 18 milliard dollarni tashkil etadi va dunyodagi uchinchi eng boy qirol hisoblanadi[1][2][3][4][5].

Salmon ibn Abdulaziz as-Saud
arabcha: الأمير سلمان بن عبد العزيز آل سعود
 7-Saudiya Arabistoni qiroli
 
Mansab davri
2015-yil 23-yanvar – hozirgacha
Oʻtmishdoshi Abdulloh
Vorisi Muhammad (Valiahd)
 Saudiya Arabistoni Bosh Vaziri
 
Mansab davri
2015-yil 23-yanvar – 22-sentyabr 2022-yil
Monarx uning oʻzi
Avvalgisi Abdulloh ibn Abdulaziz as-Saud
Keyingisi Muhammad
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 31-dekabr 1935-yil (1935-12-31) (88 yosh)
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
Mukofotlari 1-klass Turkiya ordeni 1-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni

Salmon qirol Abdulaziz va Hassa bint Ahmad Al Sudairiyning oʻgʻli boʻlib, uni Sudayiri yettiligidan biri. U 1963-yildan 2011-yilgacha 48 yil davomida Ar-Riyod gubernatori oʻrinbosari, keyinroq Ar-Riyod gubernatori boʻlgan. Keyinroq mudofaa vaziri etib tayinlandi. 2012-yilda valiahd shahzoda etib tayinlangan. Salmon 2015-yilda oʻgay akasi qirol Abdulloh vafotidan soʻng shoh boʻldi. 2023-yil iyulidan qirol Abdulazizning tirik qolgan eng toʻngʻich oʻgʻli hisoblanadi.

Salmonning qirol sifatidagi asosiy tashabbuslari qatoriga Saudiya Arabistonining Yamandagi fuqarolar urushiga aralashuvi, Saudiyaning 2030-yilgacha strategiyasi va 2017-yilda Saudiya ayollariga mashina haydashga ruxsat beruvchi farmon kiradi[6]. Uning yettinchi oʻgʻli, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon qirolning sogʻligʻi yomonligi va oʻzining siyosiy faolligi tufayli Saudiya Arabistonining amaldagi hukmdori hisoblanadi[7]. Muhammad 2022-yilda otasining oʻrniga bosh vazir lavozimini egalladi[8].

Hayoti

tahrir

Salmon 1935-yil 31-dekabrda tugʻilgan va Saudiya Arabistonining birinchi monarxi va asoschisi qirol Abdulazizning 25-oʻgʻli ekanligi maʼlum qilingan[9]. Salmon va uning oltita toʻliq ukasi Sudairi yettiligini tashkil qiladi[10][11]. Murabba saroyida tarbiyalangan[12].

Salmon ilk taʼlimni poytaxt Ar-Riyod shahridagi Shahzodalar maktabidad olgan, bu maktabda qirol Abdulaziz oʻz farzandlariga taʼlim berish uchun maxsus tashkil qilgan[13][14]. U din va zamonaviy ilmlarni oʻrgangan[15].

Salmon 1954-yil 17-martda 19 yoshida Ar-Riyod viloyati gubernatori oʻrinbosari etib tayinlangan va 1955-yilning 19-apreliga qadar bu lavozimda ishlagan[16]. 1963-yil 5-fevralda oʻsha viloyat gubernatori etib tayinlandi va bu lavozimda 2011-yilning 5-noyabriga qadar, yaʼni qariyb yarim asrlik muddat davomida ishladi[17][18].

Gubernator sifatida u Ar-Riyodning oʻrta shaharchadan yirik megapolisga aylanishiga hissa qoʻshdi. U oʻz mamlakatiga turizm, kapital loyihalar va xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda muhim bogʻlovchi boʻlib xizmat qildi[19]. Gʻarb bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni yoqladi[20].

Salmon Ar-Riyod gubernatori sifatidagi ellik yil davomida Saudiya siyosatini belgilab beruvchi diniy, qabilaviy va qirollik oʻrtasidagi muvozanatini boshqarishda mohir boʻldi[21]. Shuningdek, Qirol Abdulaziz tadqiqot va arxiv fondi (KAFRA), qirol Abdulaziz muzeyi, shahzoda Salmon nogironlar tadqiqot markazi va shahzoda Fahd bin Salmon buyrak kasalliklarini parvarish qilish xayriya jamiyati raisi boʻlgan[22][23][24].

Gubernatorlik davrida bir qancha xorijiy safarlarni amalga oshirdi. 1974-yilda Saudiya Arabistonining qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarini mustahkamlash uchun Quvayt, Bahrayn va Qatarga tashrif buyurdi. 1991-yilda Kanadaning Monreal shahriga tashrifi chogʻida galereyani ochib berdi. 1996-yilda Parijdagi Yelisey saroyida Fransiyaning oʻsha paytdagi prezidenti Jak Shirak bilan uchrashdi. Oʻsha yili Bosniya va Gertsegovina boʻylab mamlakat musulmon fuqarolariga xayr-ehson qilish uchun safar qildi. 1998-yilda Pokiston, Yaponiya, Bruney va Xitoyga tashrif buyurdi[25][26].

The Washington Post gazetasining yozishicha, marhum saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi „oʻsha paytdagi Ar-Riyod gubernatori va Saudiya Arabistoni afgʻon mujohidlarini qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi rahbari shahzoda Salmonni Afgʻonistonda Sovetlarga qarshi urushda jang qilayotgan salafiy ekstremistik guruhlarni moliyalashtirgani uchun tanqid qilgan“[27].

Salmon davrida Ar-Riyod Yaqin Sharqdagi eng boy shaharlardan biriga, muhim savdo nuqtasiga aylandi. Maktablar, universitetlar va stadionlar kabi infratuzilma obyektlari koʻpaydi[28].

2011-yil 5-noyabrda Salmon oʻzining ukasi, valiahd shahzoda Sulton oʻrniga Mudofaa vaziri etib tayinlandi[29]. Sattam bin Abdulaziz Ar-Riyod viloyati gubernatori etib tayinlandi. Salmon oʻsha kuni Milliy Xavfsizlik Kengashi (MXK) aʼzoligiga ham tayinlandi[30].

Kelishuvchan va diplomatik fazilatlari tufayli taxt vorisligiga tayinlangan. 2000-yilda qirol Fahd tomonidan oilaviy masalalarni hal qilish, murosaga erishish va baʼzi oila aʼzolari tomonidan omma oldida noqulay xatti-harakatlardan qochish uchun tashkil etilgan „Avlodlar kengashi“ (arabchada „Majlis al-Utra“) deb nomlangan oilaviy kengashni boshqargan[31][32]. Salmon qirollik oilasida „oʻrta avlod“ga mansub; shuning uchun u ikkala avlod bilan ham ijtimoiy, ham madaniy jihatdan yaqin aloqalarni rivojlantirishi mumkin edi. Nihoyat, uzoq muddatli gubernatorligi natijasida u arab va xalqaro doiralarda aloqalar tarmogʻini rivojlantirdi[33].

Salmon Bahraynga harbiy aralashuv siyosatini davom ettirdi. 2012-yil aprel oyida Salmon AQSh va Buyuk Britaniyaga tashrif buyurib, AQSh prezidenti Barak Obama va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashdi[34][35]. 2013-yilda Saudiya Arabistoni harbiy xarajatlari 67 milliard dollarga koʻtarilib, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiyani ortda qoldirdi, dunyo boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egalladi[36]. Saudiya Arabistoni 2014-yilda Iroq va Suriyadagi „Islomiy davlat“ga qarshi havo hujumlarida AQSh va boshqa arab mamlakatlariga qoʻshilgan. Mudofaa vaziri sifatida Salmon armiya rahbari edi.

Manbalar

tahrir
  1. „The power, politics and possessions of the 'world's richest royals'“. www.9news.com.au (2021-yil 3-mart). Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
  2. Viorst, Milton (January–February 1996). „The storm and the citadel“. Foreign Affairs. 75-jild, № 1. 93–107-bet. doi:10.2307/20047470. ISSN 0015-7120. Qaraldi: 1-iyun 2012-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. Wihbey, Paul Michael (1997). „Succession in Saudi Arabia: The not so silent struggle“. IASPS Research Papers in Strategy. № 4. 2012-05-23da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-may 2012-yil. {{cite magazine}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)CS1 maint: date format () (Wayback Machine saytida 2012-05-23 sanasida arxivlangan)
  4. al Baker, Basheer. „Prince Salman Seeks Balance in Saudi Transitional Period“ (3-noyabr 2011-yil). 2012-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-aprel 2012-yil.
  5. „Prince Salman Named Saudi ʻCrown Princeʼ“. Arab Times (18-iyun 2012-yil). Qaraldi: 26-fevral 2013-yil.
  6. „Saudi Arabia: My experience as a female driver, one year on“. BBC News (2019-yil 24-iyun). 2021-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  7. „King Salman's illness raises concerns and speculations“ (2022-yil 16-may). 2022-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-fevral.
  8. „9/11 Commission interview with Saudi Prince Bandar released“ (en). www.aljazeera.com. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
  9. „Profile: New Saudi Defense Minister Prince Salman bin Abdulaziz“. Asharq Alawsat. 2015-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  10. "An Heir to the Kingdom: New Crown Prince Salman". The Diplomat 35: 8–11. July–August 2012. Archived from the original on 24 October 2013. https://web.archive.org/web/20131024162851/http://www.ids.gov.sa/sites/ar/Diplomat/Book%20Diplomat%2035.pdf. Qaraldi: 18 October 2022. Salmon ibn Abdulaziz as-Saud]]
  11. Alexander Bligh. From Prince to King; Succession to the throne in Saudi Arabia. New York, New York University Press (1984). Arabic edition: Alexander Bligh. Min amir ila malik. London, D. A. Publications (1989).
  12. „Crown Prince receives Lifetime Achievement Award in the field of Urban Heritage“. National Built Heritage Forum. 2016-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-iyul.
  13. „Arab Rulers' Academic Degrees, Majors at a Glance“ (2017-yil 11-iyun). 2019-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-yanvar.
  14. „His royal highness Prince Salman bin Abdulaziz“. Ministry of Interior. 2013-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-may.
  15. „Ministers with portfolio“. Saudi Embassy, Washington DC. 2012-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-iyun.
  16. „Profile: New Saudi Defense Minister Prince Salman bin Abdulaziz“. Asharq Alawsat. 2015-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  17. „His royal highness Prince Salman bin Abdulaziz“. Ministry of Interior. 2013-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-may.
  18. „Ministers with portfolio“. Saudi Embassy, Washington DC. 2012-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-iyun.
  19. Joseph A. Kechichian. Succession in Saudi Arabia. New York: Palgrave, 2001. Print.
  20. „Prince Salman bin Abdulaziz“. PBS (2004-yil 7-oktyabr). 2015-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-may.
  21. Hereʼs Everything We Know About The New Saudi King Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh. Business Insider. 23 January 2015. Retrieved 27 January 2015.
  22. „In-Depth Study of King Faisal's Life Urged“. Arab News (2008-yil 11-may). 2012-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-iyun.
  23. Sharif M. Taha. „Sharjah ruler among 18 to be honored by Prince Salyman“. Arab News (2012-yil 5-may). 2012-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-may.
  24. „Profile: New Saudi Defense Minister Prince Salman bin Abdulaziz“. Asharq Alawsat. 2015-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  25. Giorgio Cafiero; Theodore Karasik (2017). "King Salman's Return to Brunei Two Decades Later". IndraStra Global (3): 5. http://nbn-resolving.de/urn:nbn:de:0168-ssoar-50995-9. 
  26. „الجولات الخارجية لسلمان.. دعم للعلاقات وتعزيز للرؤية السعودية“. Al Madina (2012-yil 26-iyun). 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  27. „Jamal Khashoggi's long road to the doors of the Saudi Consulate“. The Washington Post (2018-yil 12-oktyabr). 2020-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-fevral.
  28. „Profile: New Saudi Defense Minister Prince Salman bin Abdulaziz“. Asharq Alawsat. 2015-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  29. „Saudi Arabia names Prince Salman as new defence minister“. BBC News (2011-yil 5-noyabr). 2020-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-may.
  30. „The Allegiance Council“. APS Diplomat News Service (2011-yil 27-oktyabr). 2013-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-mart.
  31. Talal Kapoor. „Nayif's Passing – The Family Regroups“. Datarabia (2012-yil 2-iyul). 2016-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  32. Amir Taheri (2012). "Saudi Arabia: Change Begins within the Family". The Journal of the National Committee on American Foreign Policy 34 (3): 138–143. doi:10.1080/10803920.2012.686725. 
  33. Basheer al Baker. „Prince Sulayman Seeks Balance in Saudi Transitional Period“. Al Akhbar (2011-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 23-aprel.[sayt ishlamaydi]
  34. „Saudi Prince dead, Salman likely successor“. Trade Arabia (2012-yil 16-iyun). 2012-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-iyun.
  35. "Al Saud move with speed to reconfigure top team after Nayef's death". Gulf States Newsletter 36 (926). 21 June 2012. Archived from the original on 18 October 2017. https://web.archive.org/web/20171018050815/http://www.gsn-online.com/sites/default/files/GSN%20926.pdf. Qaraldi: 23 February 2013. Salmon ibn Abdulaziz as-Saud]]
  36. "Saudis lead Middle East military spending". 14 April 2014. Al Jazeera. Retrieved 14 April 2014.