Qarshi xalqaro aeroporti (IATA: KSQICAO: UTSK) – Qarshi shahri yaqinidagi xalqaro aeroport. 2020-yil 1-avgustdan boshlab „beshinchi havo erkinligi“ huquqini qoʻllagan holda „Ochiq osmon“ rejimi joriy etilgan[2].

Qarshi xalqaro aeroporti
Қарши халқаро аэропорти
IATA kodi: KSQICAO kodi: UTSK
Qisqacha bayon
Aeroport turi fuqarolik
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston hukumati
Operator Uzbekistan Airports
Qarshi xalqaro aeroporti MChJ
Xizmat doirasi Qarshi
Joylashuvi Qarshi, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandligi 1 230 ft / 375 m
Koordinatalari 38°48′12″N 65°46′24″E / 38.80333°N 65.77333°E / 38.80333; 65.77333
Xarita
KSQ (Oʻzbekiston)
KSQ
joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
16/34 2,700 8,860 Beton
SkyVector[1]

Tarixi

tahrir

Qarshi xalqaro aeroporti „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasi negizida „Oʻzbekiston aeroportlari“ aksiyadorlik jamiyati tegishli edi. 2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6-fevral kuni imzolagan „Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari“ toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq Qarshi aeroporti Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasi tarkibidan chiqarilib xalqaro kompaniya boshqaruviga beriladi[3].

2022-yil Qarshi xalqaro aeroporti quvvatini ikki barobar oshirish va yoʻlovchilarga qulayliklar yaratish uchun yangi qurilmalar oʻrnatish maqsadida aeroportda rekonstruksiya ishlari boshlandi[4][5].

Bunda yoʻlovchilar oʻtkazuvchanlik qobiliyatini soatiga 200 dan 400 yoʻlovchigacha va roʻyxatga olish stollari soni 3 tadan 10 tagacha oshiriladi.

Tavsif

tahrir

Qarshi aeroporti Oʻzbekiston Respublikasidagi yirik aviatashkilotlardan biri hisoblanib uning asosiy faoliyati quyidagilardan iboratdir:

  • Havo kemalariga yerda xizmat koʻrsatish;
  • Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish;
  • Yuk xizmat koʻrsatish;
  • Pochta xizmat koʻrsatish.

Qarshi aeroporti „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasi tarkibiga kirgan. „Qarshi“ aeroporti 1 soatda 100 ta aviayoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha UTPZ (Yongʻindan himoyalash talablari darajasi) ning 8- darajasiga teng.

Aeroportdan Toshkent, Moskva shahriga muntazam qatnovlar amalga oshiriladi hamda Yevropa va Osiyo mamlakatlariga charter qatnovlari amalga oshiriladi. Yoʻlovchi va yuk tashuvlari yildan yilga oʻsib bormoqda. Axborotlar texnologiyasini rivojlanishi munosabati bilan aeroport tashuvlarni tashkil qilish xizmatida yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun elektron koʻrinishdagi aviachiptalarni sotish hamda SDCS global tizimida yoʻlovchilarni qayd qilish joriy etildi.

2020-yilda Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrining Pulkovo aeroportidan „Ural Airlines“ aviakompaniyasining Airbus 320 rusumli havo kemasida charter aviaqatnovi amalga oshirildi[6].

Shu yilda Qarshi xalqaro aeroporti Boeing 787 orzu (Dreamliner) havo kemasini kutib oldi. Boeing 787 havo kemasi Qarshidan soat 13:00 da 232 yoʻlovchi bilan Vyetnam poytaxti Xanoy shahriga uchib ketdi[7].

2022-yil 1-noyabrdan 25-dekabrga qadar Oʻzbekiston havo yoʻllarining HY-065/066 va HY-069/070 Toshkent—Termiz—Toshkent, HY-609/610 Termiz—Moskva—Termiz, HY-711/712 Termiz—Sankt-Peterburg—Termiz aviaqatnovlarining yetib kelishi va joʻnab ketishi Qarshi xalqaro aeroportidan va yangi jadvalga asosan amalga oshirildi[8].

Aloqalari

tahrir

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

tahrir
Aviakompaniya Manzillar
Azimut Moskva—Vnukovo
Humo Air Toshkent[9]
IrAero Irkutsk[10], Sankt-Peterburg[11][12]
Nordwind Airlines Moskva–Sheremetyevo
Silk Avia Toshkent
Ural Airlines Moskva–Domodedovo
Mavsumiy: Moskva–Jukovskiy[13]
Uzbekistan Airways Moskva–Vnukovo[14], Sankt-Peterburg, Toshkent

Manbalar

tahrir
  1. „UTSK - Karshi Airport“. Skyvector.com. Qaraldi: 29-noyabr 2015-yil.
  2. „1 avgustdan O‘zbekistonning barcha hududiy aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi“. Gazeta.uz. Gazeta.uz (2020-yil 17-). Qaraldi: 18-dekabr 2023-yil.
  3. „Qarshi xalqaro aeroporti “O‘zbekiston havo yo‘llari” tarkibidan chiqarilib ixtisoslashgan xalqaro kompaniya boshqaruviga beriladi.“.
  4. „Qarshi aeroporti rekonstruksiya qilinadi“.
  5. „Qarshi aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi“.
  6. „Qarshi xalqaro aeroporti charter reysni qabul qildi“.
  7. „Qarshi xalqaro aeroporti orzu laynerini kutib oldi“.
  8. „Termizdagi aeroport orqali amalga oshiriladigan parvozlar Qarshidagi aeroportga ko‘chiriladi“.
  9. „Humo Air loukosteri Toshkentdan viloyatlarga parvozlarni boshladi“. Gazeta.uz. Gazeta.uz (2023-yil 17-dekabr). Qaraldi: 18-dekabr 2023-yil.
  10. Vakilov, Fakhri. „Russian airline IrAero launches direct flights to Uzbekistan’s city of Karshi“ (en). Trend.Az (2019-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 6-dekabr.
  11. Vakilov, Fakhri. „Russian airline to open direct flight from St. Petersburg to Uzbek city of Karshi“ (en). Trend.Az (2019-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 4-sentyabr.
  12. Liu, Jim. „IrAero adds St. Petersburg – Karshi service from Nov 2019“. Routesonline (2019-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 5-noyabr.
  13. „Ural Airlines schedules new routes in W18“. routesonline.com. Qaraldi: 2018-yil 6-sentyabr.
  14. „Uzbekistan Airways Moscow Service Changes From Oct 2023“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 22-sentyabr.