Artroz (yunoncha: arthron – boʻgʻim)- boʻgʻimning distrofik surunkali kasal-ligi. Moddalar almashinuvi va ichki sekresiya bezlari faoliyatining buzili-shi, boʻgʻimlarning shikastlanishi, sha-mollash, intoksikatsiya, infeksion ka-salliklar oqibatida kelib chiqadi. Tor poyabzal kiyish oyoq panjasi boʻgʻimlari A.iga sabab boʻlishi mumkin. A.da yirik (tizza, chanoq-son, boldir-tovon, bilak) hamda mayda boʻgʻimlar, xususan umurtqa pogʻonasi boʻgʻimlari (spondiloartroz) zararlanadi. Boʻgʻimlar bir oz shishadi, bosib koʻrilganda ogʻriydi; bukish yoki yozish chogʻida qirsillagan tovush eshi-tiladi. Koʻpincha 40 – 60 yashar ayollar oʻrtasida uchraydi. Qaysi boʻgʻim zarar-langanligi va kasallik bosqichiga qarab davo qilinadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil